Davo Delivery — mamlakatda birinchi boʻlib dori-darmonlarni uyga yetkazib berishga ixtisoslashgan startap. Platforma bugun 2000 dan ortiq dorixonani yagona raqamli tizimga birlashtirgan. Bu foydalanuvchiga eng yaqin dorixonalardagi dorilarni koʻrish, tanlash va bir necha bosqichda buyurtma qilish imkonini beradi. Xizmat test rejimida ishlamoqda va bosqichma-bosqich barcha hududlarni qamrab olmoqda.
Davo Delivery insonlar uchun haqiqiy qulaylik yaratadi. Xizmat, ayniqsa, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar va vaqti tigʻiz foydalanuvchilar uchun muhim. Dori buyurtma qilish uchun uydan chiqish shart emas — hammasi smartfon orqali amalga oshiriladi. Hatto kechasi, dam olish kunlari yoki ob-havo yomon boʻlgan paytda ham kerakli dori oʻz vaqtida yetkazib beriladi.
Biroq Davo faqat dori yetkazib berish bilan cheklanmaydi. Platforma bosqichma-bosqich Health, Care & Wellness yoʻnalishida rivojlanib, sogʻliq bilan bogʻliq kundalik va muhim ehtiyojlarni bitta ilovada jamlaydi.
Davo ekotizimi doirasida foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
Vitamins & Supplements
Immunitetni mustahkamlash, energiyani oshirish va tiklanish uchun vitaminlar hamda biologik faol qoʻshimchalar. Mahsulotlar faqat dorixonalar va rasmiy yetkazib beruvchilardan olinadi. Kattalar, bolalar va keksalar uchun mos tanlov mavjud boʻlib, ularni dorilar bilan birga qulay buyurtma qilish mumkin.
Beauty & Cosmetics
Teri va soch parvarishi uchun moʻljallangan kosmetik vositalar, jumladan, dermatologik va dorixona brendlari. Barcha mahsulotlar bitta ilovada, boshqa servisga oʻtmasdan buyurtma qilinadi.

For Baby
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalar uchun oziq-ovqat, tagliklar, gigiyena va parvarish vositalari. Ota-onalar uchun kundalik hamda shoshilinch vaziyatlarda ishonchli yechim.
Uyga hamshira chaqirish
Ilova orqali uyga hamshira buyurtma qilish imkoniyati. Asosiy tibbiy muolajalar va parvarish xizmatlari, ayniqsa, davolanishdan keyingi bemorlar va keksalar uchun qulay.
Xususiy tez yordamni onlayn chaqirish
Favqulodda holatlar uchun tezkor yechim: onlayn buyurtma, aniq geolokatsiya va ortiqcha harakatsiz yordam. Shoshilinch daqiqalarda vaqtni tejashga xizmat qiladi.
Bularning barchasi Davo Deliveryʻni oddiy yetkazib berish xizmati emas, balki sogʻliqni saqlash sohasida toʻliq raqamli ekotizimga aylantiradi. Platforma Hambi superilovasi tarkibida ishlaydi va buyurtma, toʻlov hamda xizmatlar yagona muhitda jamlangan.
Davo Delivery — profilaktikadan tortib, shoshilinch yordamgacha boʻlgan ehtiyojlarni bitta ilovada amalga oshirish mumkin boʻlgan zamonaviy yechim.
Ilovani iOS va Android operatsion tizimlari uchun yuklab olib oʻrnatish mumkin.


