Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

2025 yilda aholiga qancha keshbek qaytarilgani ochiqlandi

Oʻtgan yili Soliq mobil ilovasida keshbek xizmatidan 7,47 mln kishi (32,5 foizga oʻsish) foydalangan.

2024 yilda isteʼmolchilarga 1,5 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlab berildi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi. Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha isteʼmolchilarga 1,51 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi, bu 2024 yilga nisbatan 43,9% ga koʻpdir. Chiqarilgan fiskal cheklar soni 1,6 mlrd donadan oshdi — yil davomida 56,7% ga oʻsdi.

Qayd etilishicha, oʻtgan yili Soliq mobil ilovasida keshbek xizmatidan 7,47 mln kishi (32,5% ga oʻsish) foydalangan.

Bir chek uchun oʻrtacha summa 8,1% ga kamaydi — 102,6 ming soʻmdan 94,2 ming soʻmgacha, undan 942 soʻm keshbek qaytarildi.

Hududlar kesimida keshbek toʻlovlari summasi:

  • Toshkent — 564 mlrd soʻm (+36,8%);
  • Toshkent viloyati — 177,2 mlrd soʻm (+65,4%);
  • Fargʻona viloyati — 129,2 mlrd soʻm (+70,9%);
  • Samarqand viloyati — 103,5 mlrd soʻm (+11%);
  • Xorazm viloyati — 79,8 mlrd soʻm (+64,9%).

Toʻlangan keshbeklarning umumiy hajmida poytaxtning ulushi 39,1% dan 37,2% ga kamaydi. Toʻlovlar hajmi boʻyicha Fargʻona viloyati Samarqand viloyatini ortda qoldirib, yuqori uchlikka kirdi. Shuningdek, Xorazm viloyati beshinchi oʻrinni egallab, Andijon viloyatini ortda qoldirdi.

2024 yil yanvar oyida Soliq ilovasida fiskal cheklarni skanerlashda 1% keshbek toʻlanadigan xaridlar summasiga cheklovlar joriy etilgan edi. Endi oyiga BHMning 60 baravari (22,5 mln soʻm) miqdoridagi cheklarni skanerlash mumkin.

Soliq qoʻmitasi fuqarolar tomonidan oyiga 204 ming soʻm miqdorida keshbek toʻlovlari miqdorini cheklash isteʼmolchilarning 98%iga taʼsir qilmasligini taʼkidladi.

«Foydalanuvchilarning qolgan 2%i boshqa shaxslarga tegishli cheklar summasini oʻzlashtirish yoki tadbirkorlar tomonidan chekni xaridorga bermasdan, oʻzlari yoki qarindoshlari tomonidan oʻtkazish holatlari yuzasidan shikoyatlar mavjudligi sabab, mazkur tartib joriy etildi.

2024 yilda Soliq qoʻmitasi isteʼmolchilarga 1 trln soʻm keshbek toʻlagan. Toʻlovlarning yarmi poytaxt va Toshkent viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan. Chiqarilgan fiskal cheklar soni 1 mlrd donadan oshgandi.