Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Yangi yil bayramida qaysi banklar ishlaydi?

Bayram hamda dam olish kunlarida 26 ta bank filialida ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.

Markaziy bank Yangi yil bayrami va dam olish kunlari boʻlimlari ishlaydigan tijorat banklari roʻyxatini eʼlon qildi.

Prezident farmoni bilan oʻzbekistonliklar Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi: 31 dekabr (chorshanba) hamda 2 yanvar (juma) kunlari ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha uchun, 3 yanvar (shanba) esa 6 kunliklar uchun qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1 yanvar (payshanba) — Yangi yil bayrami, 4 yanvar (yakshanba) esa barcha uchun odatiy dam olish kunidir.

Bayram hamda dam olish kunlarida quyidagi 26 ta bank filialida ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:

  1. Agrobank;
  2. Aloqabank;
  3. Anor bank;
  4. Apexbank;
  5. Asia Alliance bank;
  6. Asakabank;
  7. Biznesni rivojlantirish banki;
  8. Davr Bank;
  9. Garant bank;
  10. Hamkorbank;
  11. Hayot bank;
  12. Ipoteka-bank;
  13. Ipak Yuli Banki;
  14. InfinBank;
  15. Mikrokreditbank;
  16. Orient Finans bank;
  17. Octobank;
  18. Poytaxt bank;
  19. Saderat bank;
  20. Trastbank;
  21. Tenge bank;
  22. Turonbank;
  23. Universalbank;
  24. Xalq banki;
  25. Oʻzmilliybank;
  26. Oʻzsanoatqurilishbank.

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.