Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Markaziy bank Tojikiston banki vakolatxonasiga berilgan guvohnomani bekor qildi

Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvining qaroriga muvofiq “Oriyonbank” OAJning mamlakatdagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi bekor qilindi.

Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 3 iyundagi qaroriga muvofiq Tojikiston Respublikasi “Oriyonbank” OAJning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi bekor qilindi.

Mazkur qaror Tojikiston Respublikasi “Oriyonbank” OAJ Kuzatuv kengashining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Tojikiston Respublikasi “Oriyonbank” OAJning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi mamlakatdagi faoliyatini 2022 yil 4 avgustdan beri olib borayotgan edi.

Bank haqida

“Oriyenbank” Tojikistondagi eng yirik banklardan biri. U aktivlari va kapitali boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydi.

Bank jismoniy va yuridik shaxslarning 180 000 dan ortiq hisob-raqamlarini oʻz ichiga oladi.

Umumiy hisobda bankning 32 ta filiali mavjud boʻlib, dunyoning 4 ta davlatida vakolatxonalariga ega.