Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

AQSH Ukraina xavfsizligi uchun 800 mln dollar ajratadi

NDAA Ukraina Qurolli kuchlarini qoʻllab-quvvatlash hamda uning taʼminlanishi ustidan nazorat boʻyicha Ukraina xavfsizligiga koʻmaklashish tashabbusi doirasida navbatdagi moliyaviy yordamini ajratadi

Foto: Reuters

AQSH Kongressidagi tegishli qoʻmitalar 1 oktabrda Qoʻshma Shtatlarda boshlangan 2023-moliya yili uchun Milliy mudofaaga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qonunni (NDAA) kelishib oldi.

Qayd etilishicha, NDAA Ukraina Qurolli Kuchlarini qoʻllab-quvvatlash hamda uning taʼminlanishi ustidan nazoratni taʼminlovchi Ukraina xavfsizligiga koʻmaklashish tashabbusi (USAI) doirasida 800 million dollar  mablagʻ ajratadi. .

Reuters maʼlumotlariga koʻra, bu AQSH prezidenti Jo Bayden joriy yil boshida soʻraganidan 500 million dollar (478 million yevro) koʻpdir.

USAI paketi “AQSHning Ukrainani eng dolzarb ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, uzoq muddatda uning suverenitetini himoya qilish uchun Ukraina Qurolli Kuchlarining salohiyatini oshirish orqali uni qoʻllab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, dedi Pentagon.

Avgust oyi oxirida Pentagon Ukrainaga urush boshlanganidan beri deyarli 3 milliard dollar (2,87 milliard yevro) miqdoridagi eng yirik harbiy yordam paketini eʼlon qildi.