Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkent viloyatida kommunal uchun undirilgan mablagʻlar suv taʼminoti xodimlari tomonidan “yeb” yuborildi

“Toshkent suv taʼminoti”da isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish va suv sotish boʻlimining 5 nafar xodimi aholidan 153,5 mln soʻm yigʻib olgan. Ular firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritilgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent viloti Angren shahrida suv isteʼmoli uchun yigʻilgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan nazoratchilar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan “Toshkent suv taʻminoti” MCHJ Angren shahar boʻlimining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu boʻlimning isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish va suv sotish boʻlimi nazoratchilari Sh.B., A.I., G.E., M.Sh. va S.Q.lar aholidan suv isteʼmoli uchun jami 153,5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan yigʻib olib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.