Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Noyabrda inflyatsiya darajasi 1,3 foizni tashkil etdi — DST

2022 yilning yanvar-noyabr oyida isteʼmol bozorida narxlarning oʻsish surʼati 10,9 foizga yetib, oʻrtacha oylik oʻsish surʼati esa 0,9 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga oʻsgan

Foto: “the-warsaw.com”

Noyabr oyida isteʼmol bozoridagi inflyatsiya darajasi 1,3%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

2022 yilning yanvar-noyabrida isteʼmol bozorida narxlarning oʻsish surʼati 10,9 foizga yetdi, oʻrtacha oylik oʻsish surʼati esa 0,9 foizni tashkil etdi. Yillik nisbatda (2021 yilning noyabr oyiga nisbatan) isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish surʼati 12,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek,  noyabr oyida narxlar oshishi boʻyicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻlib, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,5 foizga oshdi. Ushbu guruh tovarlari narxlarining oʻsish surʼati yigʻma koʻrsatkich oʻsish surʼatidan 0,7 foiz bandga baland boʻldi. Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari ushbu davrda 0,9  foizga, xizmatlar narxlari 0,8 foizga oshdi.

Xizmatlar narxlarining oʻsish surʼati joriy yilning yanvar-noyabrida 7,2 foizga yetdi va oʻrtacha oylik oʻsish surʼati 0,6%ni tashkil etdi.

Mazkur davrda nooziq-ovqat mahsulotlari va pullik xizmatlar mos ravishda 10,8 foiz va 7,8 foizga qimmatlashdi.