Saudiya Arabistoni poytaxt Ar-Riyod shahrida yiliga 185 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladigan dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini qurish niyatida. Bu haqda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon dushanba kuni maʼlum qildi.
Yangi aeroport oltita uchish-qoʻnish yoʻlagi bilan jihozlanadi, bu esa 2030 yilga borib 120 million kishiga, 2050 yilga borib 185 million kishiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Unga sarflanadigan elektr energiyasi qayta tiklanadigan manbalardan olinishi kutilmoqda.
Global logistika, sayyohlik va transport markazi sifatidagi mavqeini oshiradi. Aeroport 57 kv km maydonda joylashadi va Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondiga (PIF) tegishli boʻladi.


