Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Jahonning uch mamlakati valyuta inqiroziga duch kelishi mumkin

Moliyaviy tahlilchi Andrey Kochetkov valyuta inqirozi tufayli jahonning rivojlangan uch mamlakatini sanab berdi. Shuningdek, u Turkiya, Shri-Lanka, Argentina kabi mamlakatlarda roʻy berayotgan valyuta inqirozi xavfli emasligini aytib oʻtdi. Uning fikricha, bu inqiroz iqtisodiy tomonlama yetakchi mamlakatlarga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin

Valyuta inqirozi tufayli Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSH jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Bu haqda moliyaviy  tahlilchi Andrey Kochetkov xabar berdi.

Qayd etishicha, Turkiya, Shri-Lanka, Argentina kabi mamlakatlarda roʻy berayotgan valyuta inqirozi ajablanarli emas. Ammo iqtisodiy tomonlama rivojlangan mamlakatlarga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Yaponiyaning YAIMga nisbatan davlat qarzi juda yuqori (230 foiz). Bu esa milliy valyutaning keskin pasayib borishiga olib kelmoqda.

Britaniyaning sobiq rahbariyati soliqlarni kamaytirish va xarajatlarning koʻpayishi haqida gapira boshlaganda, funt sterling qulab tushdi.  AQSHda mutaxassisning fikriga koʻra, shunga oʻxshash holat — davlat qarzi oʻsib bormoqda va bu davlat obligatsiyalarini sotib olish uchun mablagʻ yetishmasligi sababli uning devalvatsiyasiga olib kelishi mumkin, bu esa oxir-oqibat Amerika valyutasiga jiddiy taʼsir oʻtkazadi.