Italiyalik dizayner Pyerpaolo Lassarini 60 ming kishilik suzuvchi shahar loyihasi taqdim etdi.
Qayd etilishicha, loyiha Mezozoy davrida mavjud boʻlgan qitʼalarni birlashtirgan Pangeya superkontinenti sharafiga The Pangeos deb ataladi. Shahar loyihasiga koʻra, shahar toshbaqaga oʻxshash.
Agar shahar shu loyiha asosida qurilsa, bu dunyodagi eng katta texnogen suzuvchi obyektga aylanadi. Mutaxassislarning taxminiga koʻra, shaharni barpo etish uchun taxminan 8 milliard dollar kerak boʻladi.
The Pangeos nimaga oʻxshaydi va uning ichida nima bor?
The Pangeos uzunligi 550 metr va eni 610 metr, aylanmasi 30 metrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, ikki Rim Kolizeyiga teng. Dunyodagi eng katta suzuvchi inshoot sifatida ishlab chiqilmoqda.
Toshqaba shaklidagi shahar Saudiya Arabistoni hududida turishi kerak. Ammo keyinchalik butun sayyoraning suv yuzasi boʻylab harakatlanadi. Biroq bunday oʻlchamdagi kemani qabul qiladigan port hozircha mavjud emas. Odamlar qayiq va vertolyotlar orqali “shahar”ga yetkaziladi.

Loyiha muallifining soʻzlariga koʻra, suzuvchi shahar korpusi poʻlatdan yasalgan boʻlib, hududda esa mehmonxonalar, savdo markazlari, bogʻlar, villalar va klublar – okean oʻrtasida dabdabali hayot kechirish uchun zarur boʻlgan barcha narsalar joylashadi. Shu bilan birgalikda oʻz portlariga ega boʻladi. Shu qulayliklar yaratilsa, mahalliy aholi shaharga erkin kirishlari mumkin.
Loyihaning yana bir jihati ekologik tozalikga qaratilgan. Elektr energiyasi ulkan quyosh panellari va toshbaqa panjalari koʻrinishidagi toʻlqin energiyasi generatorlari tomonidan ishlab chiqariladi. Kemadagi elektr stansiyalarining umumiy quvvati 16 800 kuchiga teng boʻladi.
Birinchi mehmonlar toshbaqaga qachon tashrif buyuradi?
Muhandislarning hisob-kitoblariga koʻra, suzuvchi shaharni qurish uchun taxminan 8 yil kerak boʻladi. Loyihani amalga oshirish uchun 8 milliard dollarga yaqin mablagʻ kerak. Buning uchun loyiha muallifi italiyalik Piyerpaolo Lazzarini kraudfanding kompaniyasi va NFTni ochadi.
The Pangeos rostdan ham barpo etiladimi?
Bu kabi gap-soʻzlar davom etib kelmoqda. Gap shundaki, Piyerpaolo Lazzarini allaqachon bir qarashda aqldan ozgan va futuristik tuyulgan bir nechta loyihalarni amalga oshirgan.
1960 yillardagi asl Vespaʻdan ilhomlangan Vespa suv skuteri

24 metrli shaffof yaxta

Jet Capsule motorli qayigʻi Jeyms Bondning avtomobillaridan biriga oʻxshash



