Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

BAA Oʻzbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi mumkin

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi Davron Samatov boshchiligidagi delegatsiyasi Dubayda boʻlib oʻtgan Global Gold Convention 2022 koʻrgazmasida ishtirok etdi. Unda Dubaydagi “Siroya jewellers” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonga investitsiya kiritish, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqishda soliqlar va bojxona tizimi imkoniyatlari muhokama qilingan

Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi koʻmagida “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi Davron Samatov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Dubayda boʻlib oʻtgan Global Gold Convention 2022 koʻrgazmasida ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyati hamda zargarlik sanoati taraqqiyoti yuzasidan taqdimot uyushtirilgan.

Oʻzbekiston vakillari Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarida oltin sanoati rivojlanishi tendensiyasiga bagʻishlangan muhokamalarda ishtirok etib,  xorij tomoniga  mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot bergan.

Bundan tashqari, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi vakillari “IBMC International”, “TVT consulting” va “Stuart and Hamlyn” kompaniyalari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishdi. Unda jahon oltin bozorining holati va hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

Oʻzbekiston delegatsiyasi safar davomida, shuningdek, Dubaydagi “Siroya jewellers” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya rahbari R.Jain bilan hamkorlik masalalari, jumladan, Oʻzbekistonga investitsiya kiritish, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqishda soliqlar va bojxona tizimi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Boʻlib oʻtgan suhbat intihosida Oʻzbekiston bozorini oʻrganish va investitsiya kiritish imkoniyatlarini tahlil qilish uchun  2023 yilda “Siroya jewellers” kompaniyasi delegatsiyasining mamlakatimizga amaliy safarini  uyushtirishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi safar davomida, shuningdek, Dubaydagi “Siroya jewellers” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya rahbari R.Jain bilan hamkorlik masalalari, jumladan, Oʻzbekistonga investitsiya kiritish, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqishda soliqlar va bojxona tizimi imkoniyatlari muhokama qilingan.

Boʻlib oʻtgan suhbat intihosida Oʻzbekiston bozorini oʻrganish va investitsiya kiritish imkoniyatlarini tahlil qilish uchun  2023 yilda “Siroya jewellers” kompaniyasi delegatsiyasining mamlakatimizga amaliy safarini  uyushtirishga kelishib olindi.