Oʻzbekiston hududagi togʻ-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi, deb xabar beradi OʻzA.
Qayd etilishicha, “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekiston togʻ-kon hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini oʻz ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilyapti.
Maʼlumotlarga koʻra, “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnika yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti togʻ lahm oʻtish ishlarini olib bormoqda.
Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik togʻ jinslari bilan bogʻliq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha boʻlgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlangan.


