Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkentda katta miqdordagi mablagʻlarni talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi

Mirobod tumanidagi “Turonbank” kassiri va masʼul shaxslari bankomatdagi 347,5 mln soʻm va 7 600 dollarni talon-toroj qilganliklari aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Toshkent shahri Mirobod tumanida “Turonbank” bankomatlaridan qaytgan mablagʻlarni talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirobod tuman boʻlimi tomonidan “Turonbank” ATBning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu bank xizmatlari markazi kassa amaliyotlari boʻlimi kassiri J.D. va boshqa masʼul shaxslari bank xizmatlari markaziga qarashli 10 dona bankomatdan qaytgan mablagʻlarni tegishli tartibda kirim qilmasdan, soxta maʼlumotlar tuzish orqali jami 347,5 mln soʻm va 7 600 dollarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.