Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Navoiyda 20 ta turizm mahallasini infratuzilmani yaxshilashga 50 mlrd soʻm ajratiladi

Prezident mutasaddilarga tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha bir qator topshiriqlar berdi. Jumladan, 20 ta turizm mahallasi infratuzilmani yaxshilash boʻyicha 50 mlrd soʻmlik loyihani 2023 yil davlat dasturiga kiritiladi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etayotgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Prezident matbuot kotibining maʼlum qilishicha, sessiyada davlat rahbari viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan.

Nomzod viloyatda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha rejalarini aytdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 122 mingta ish oʻrni yaratish imkoni bor.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

— kelgusi yilda 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalarini tashkil etish;

– oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qoʻshimcha 100 milliard soʻm, kelgusi yilda 600 milliard soʻm yoʻnaltirish;

– Nurota, Xatirchi va Navbahordagi boʻsh binolarda mono-markaz tashkil etib, kamida 5 ming yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish;

– M-37 magistral yoʻlida 3,5 mingta servis obyektlarini ishga tushirish;

– Karmanadagi Mavlono Orif Deg-Garoniy majmuasini taʼmirlashga 15 milliard soʻm ajratish;

– 20 ta turizm mahallasida infratuzilmani yaxshilash boʻyicha 50 milliard soʻmlik loyihani 2023 yil davlat dasturiga kiritishga topshiriq berdi.