AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning bloklangan Twitter sahifasi tiklandi.
Avvalroq Twitter ijtimoiy tarmoqning yangi rahbari Ilon Mask Trampning oʻz sahifasiga kirish huquqini qaytarish yoki qaytarmaslik boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazgandi. Ovoz berishda 15 milliondan ortiq foydalanuvchi ishtirok etgan. Ishtirokchilarning 51,8 foizi akkauntni qaytarish lozimligini maʼlum qilgan.
Maʼlumot uchun, Trampning akkaunti 2021 yilda bloklangan edi. Sobiq prezidentning oʻzi ijtimoiy tarmoqqa qaytish uchun “hech qanday sabab” koʻrmayapman deb taʼkidlagan.


