Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2022 yil 16 noyabr kuni Respublika hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari boʻyicha kuzatuvlar olib borildi.
Kuzatuv natijalariga koʻra, oʻsimlik moyi Namangan viloyatining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”da minimal narxlarda sotilayotganligi maʼlum boʻldi. Jumladan, ushbu bozorda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan 1 litr paxta moyi 16,5 ming soʻmdan sotilayotganligi kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorda xususiy tadbirkorlar tomonidan 1 litr oʻsimlik moyi 20,0 ming soʻmdan ham savdoga chiqarilgan.
Maksimal narxi esa Toshkent shaharidagi “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi. Mazkur bozorlarda 1 litr kungaboqar moyining maksimal narxi 30 ming soʻmni, minimal narxi 17,5-19,0 ming soʻmni tashkil etmoqda.
Quyida oʻrganish natijasida aniqlangan 1 litr oʻsimlik moyining respublika hududlaridagi minimal va maksimal narxlari keltirilgan.
- Nukus shahar “Nukus dehqon bozori” – 18,0-22,0 ming soʻm;
- Andijon shahar “Yangi bozor dehqon bozori” – 19,0-26,0 ming soʻm;
- Buxoro shahar “Buxoro markaziy dehqon bozori” – 18,5-28,0 ming soʻm;
- Jizzax shahar “Jizzax markaziy dehqon bozori” – 17,0-24,0 ming soʻm;
- Qarshi shahar “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori” – 17,0-24,0 ming soʻm;
- Navoiy shahar “Saxovat” bozori – 17,0-24,0 ming soʻm;
- “Namangan chorsu dehqon universal bozori” – 16,5-20,0 ming soʻm;
- Samarqand shahar “Siyob dehqon bozori” – 18,0-26,0 ming soʻm;
- Termiz shahar “Yashil dunyo markaziy dehqon bozori” – 18,0-22,0 ming soʻm;
- Guliston shahar “Guliston dehqon bozori” – 17,3-23,0 ming soʻm;
- Chirchiq shahar “Chirchiq dehqon bozori” –17,5-24,0 ming soʻm;
- “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” – 18,0-22,0 ming soʻm;
- “Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori” – 18,0-22,0 ming soʻm;
- Urganch shahar “Urganch markaziy dehqon bozori” – 18,0-22,0 ming soʻm;
- Toshkent shahar “Eski joʻva dehqon bozori” – 18,0-24,0 ming soʻm;
- Toshkent shahar “Oloy dehqon bozori” – 17,5-30,0 ming soʻm;
- Toshkent shahar “Farhod dehqon bozori” – 17,5-25,0 ming soʻm;
- Toshkent shahar “Qoʻyliq dehqon bozori” – 18,0-24,0 ming soʻm;
- Toshkent shahar “Mirobod dehqon bozori” – 19,0-30,0 ming soʻm


