Hindiston 2022 yilning yanvar-iyunigacha boʻlgan davrda quyosh energiyasidan foydalanish hisobiga 4,2 milliard dollar tejashga muvaffaq boʻldi. Bu The India Express xabar berdi.
“Quyosh energiyasi Hindistonga yilning birinchi yarmida 4,2 milliard dollar qoʻshimcha yoqilgʻi sarfini tejab qoldi. Bu esa 19,4 million tonna koʻmir zaxirasini maishiy ehtiyojlar uchun ishlatishdan asrab qoldi”, — deyiladi hujjatda.
Manbaga koʻraa, Xitoy quyosh energiyasidan foydalanishdan eng koʻp foyda koʻrgan, chunki belgilangan muddatda quyosh energiyasidan foydalanish mamlakatning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojining 5 foizini qoplagan. Natijada mamlakat 21 milliard dollarni tejashga muvaffaq boʻldi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vyetnam, Filippin va Tailand 2022 yilning birinchi yarmida quyosh energiyasidan foydalanish hisobiga jami 34 milliard dollar tejashgan. Bu xuddi shu davr uchun umumiy yoqilgʻi xarajatlarining 9 foizini tashkil qiladi.


