Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonda Mavlono Jaloliddin Balxiy nomidagi Mozori-Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash boʻyicha texnik yordam koʻrsatish jarayoni yakuniga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Prezident topshirigʻiga binoan, 2021 yil Transport vazirligi, “Oʻzaviatsiya” agentligi, “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan Airports” AJ, “Oʻzgidromet” vakillaridan iborat Idoralararo komissiya tomonidan Mazori-Sharif xalqaro aeroportining texnik holati oʻrganilgan va zarur amaliy chora-tadbirlar belgilangan.
Mozori-Sharif shahrida boʻlib oʻtgan anjumanda aeroport qisqa vaqt ichida haftasiga 4 ta mahalliy va 1 ta xalqaro havo qatnoviga xizmat koʻrsata boshlagani qayd etgan.
Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududning elektr va yorugʻlik-texnik taʼminoti zamonaviy talab darajasiga keltirilgan. Marosimda Afgʻoniston birodarlik rishtasini mustahkamlashga asoslangan mazkur tashabusni Oʻzbekiston tomonidan qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona, oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatini mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan saʼy-harakatning mantiqiy davomi ekanligini taʼkidlagan.
Oʻtgan 9 oy davomida mamlakatlar oʻzaro mahsulot va xizmat ayirboshlash hajmi 3,1 million tonnani tashkil etgan. Bundan tashqari, transafgʻon yoʻlagi Shimoldan va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridan janubga yuk tashish imkonini bergan.
Ekspertlar fikricha, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻl qurilishi Afgʻonistonni qayta tiklash va butun mintaqani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega loyiha hisoblanadi.


