Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toʻra Bobolovning Bandixon hokimiga Skoda mashinasini sotib olish boʻyicha chiqargan farmoyishi bekor qilindi

Bandixon tumani hokimligiga sotib olinishi rejalashtirilgan xizmat avtotransportining narxi Hukumat tomonidan belgilangan meʼyorlarga zid boʻlgan. Hukumat qarorida tuman va shahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olishga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln soʻm) etib belgilangan

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov 18 oktyabrda Bandixon tuman hokimligiga Skoda Kodiaq Ambition xizmat mashinasini xarid qilish uchun 429 mln soʻm oʻtkazish toʻgʻrisida 23-8-0-F/22-sonli farmoyishni imzolagan. Bandixon tumani hokimligiga sotib olinishi rejalashtirilgan xizmat avtotransportining narxi Hukumat tomonidan belgilangan meʼyorlarga zid boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Hukumat qarori bilan belgilangan meʼyorlarga koʻra, tuman va shahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olishga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln soʻm), rahbar oʻrinbosarlariga esa bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 700 barobari (210 mln soʻm) etib belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi viloyat hokimligiga tegishli farmoyishini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan hamda mazkur farmoyish bekor qilingan.