Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Talabalarga ikki oylik ijara haqi hech qanday shartnomasiz toʻlab beriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, birinchi kurs talabalariga ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi toʻlab beriladi

Oʻzbekistondagi OTMning 1-bosqich talabalariga ikki oylik ijara haqi hech qanday shartnomasiz toʻlab beriladi.

Maʼlum qilinishicha, 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan talabalarga, istisno tariqasida, sentyabr va oktyabr oyi ijara toʻlovlarining 50 foizi, Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming soʻm), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming soʻm) hech qanday ijara shartnomasi talab etilmasdan toʻlab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan toʻlovlar davom ettiriladi.

Maʼlumot uchun, Hukumat qarori bilan 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.