Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Faoliyati toʻxtatilgan banklar fuqarolarning qancha omonat pullarini qaytarishi maʼlum boʻldi

Faoliyati tugatilgan banklardagi omonat pullarini olish uchun fuqarolar qayerga murojaat qilishlari aytildi

Litsenziyalari bekor qilingan Turkiston va HI-TECH BANK xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridagi fuqarolarning omonatlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, Turkistonʻbankda aholining 339 milliard soʻm  HI-TECH BANKʻda esa 5 milliard soʻmlik omonatlari bor. Yuqoridagi ikki bank omonatchilarining barcha mablagʻlari, birinchi navbatda 2 oydan soʻng toʻliq qaytariladi.

Xabarda aytilishicha, Markaziy bank qarori bilan tugatish komissiyalari tuzildi. Tugatish komissiyalari qin kunlarda omonatchilar qaysi manzillarga murojaat qilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni eʼlon qiladi. Buning uchun omonat qoʻygan fuqarolar tugatish komissiyasiga murojaat qilishlari kerak.

“Turkistonʻbankning kapitali 140 milliard soʻmni tashkil etadi. HI-TECH BANK kapitali esa 90 milliard soʻmi bor. Ustav kapitaliga nisbatan 100 milliard soʻm talab bor. Turkistonʻbankda 117 milliard soʻm ustav kapitali boʻlgan. HI-TECH BANKʻda 116 milliard ustav kapitali shakllantirilgan. Umumiy kapitalning ustav kapitalidan kam boʻlganligining sababi ham ularning zarar koʻrganida”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Turkiston va HI-TECH BANK xususiy banklarining litsenziyalari bekor qilingani haqida xabar qilingandi.