Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Hindistonda tamaki qoldiqlaridan yumshoq oʻyinchoqlar tayyorlovchi zavod ochildi

“Biz boshida kunlik 10 gramm bilan boshlagan boʻlsak hozirgi kunda 1000 kilogramm tayyorlayapmiz”, - deydi sigaret qoldiqlaridan yumshoq oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchi — video

Foto: Reuters

Yangi dehlida sigaret qoldiqlarini qayta ishlab, ulardan bolalar oʻyinchoqlari tayyorlaydigan fabrika ochildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Yangi Dehli shahridagi uylarning birida foydalanilgan sigaret qoldiqlaridan bolalar uchun moʻljallangan yumshoq oʻyinchoqlar tayyorlovchi kichik zavod ish boshladi.

Maʼlum qilinishicha, tayyor material sigaret qoldiqlaridan iborat boʻlib, tolalarga ajratiladi va shahar koʻchalaridagi millionlab tashlab yuborilgan tamaki qoldiqlari yigʻilganidan keyin tozalanadi va oqartiriladi. Tayyor holatga kelgan tolalardan oʻyinchoqlar va yostiqchalar kabi turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi.

“Biz boshida 10 gramm (kuniga tola) bilan boshladik va hozir kuni 1000 kilogramm tayyorlayapmiz… Shunday qilib, biz har yili millionlab sigaret qoldiqlarini qayta ishlashga qodirmiz”, – deydi ishlab chiqaruvchi.

Shuningdek, ishchilar tamakining tashqi qatlamini va eng pastki qismlarini ajratib olishadi hamda qayta ishlangan qogʻoz va kompost kukuniga aylantirishadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, bugungi kunda Hindiston aholisining qariyb 30 foizi, 267 millionga yaqin kishi tamaki isteʼmol qiladi va umumiy tozalik standartlari juda past.

“Bu yerda ishlashimiz atrof-muhitni toza saqlashga yordam beradi”, – deydi zavod ishchilaridan biri.