Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Qrim koʻprigida portlash sodir boʻldi

Rossiyadagi eng uzun koʻprikda portlash yuz berdi. Kommers.uz Rossiya uchun qurilishiga 3,7 mlrd dollar sarflangan koʻprik haqida maʼlumot beradi

Foto: “TASS”

Kerch boʻgʻozi orqali oʻtuvchi Qrim koʻprigining temir yoʻl koʻprigida 8 oktyabr kuni ertalab yuk poyezdida portlash sodir boʻldi. Yoʻl koʻprigining bir qismi qulab tushgan. Koʻprik avtomobillar harakati uchun butunlay toʻxtatildi.

 

Kommers.uz Qrim koʻprigi haqida asosiy maʼlumotlarni taqdim etadi.

Qrim koʻprigi 2018 yil 15 may kuni foydalanishga topshirilgan boʻlib Rossiyadagi eng uzun koʻprik hisoblanadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “KamAZ”ni boshqargan holda Qrim koʻprigining avtomobillar uchun moʻljallangan qismidan yurib oʻtgan va koʻprikni rasman ochib bergan.

“Barchangizni bu tarixiy kun bilan tabriklayman. Chunki, turli davrlarda, podshohlar davrida ham odamlar bu koʻprik qurilishini orzu qilishgan. Mana nihoyat bu loyiha amalga oshdi, moʻjiza roʻy berdi”, – degan Putin koʻprikning ochilish marosimida.

Koʻprikning umumiy uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Uning qurilish ishlari 2016 yil fevralida boshlangan hamda 2019 yilda oʻz yakuniga yetgan. 19 kilometrlik Qrim koʻprigi — Rossiyadagi eng uzun koʻprikdir. Bosh pudratchi “Stroygazmontaj” loyiha qiymatini 228,3 milliard rublga (3,7 milliard dollar) baholagan.

Koʻprik bir kunda 40 ming avtomobil hamda 47 poyezd tarkibini oʻtkazish qobiliyatiga ega. Koʻprik boʻylab yiliga 14 million yoʻlovchi qatnashi va 13 million tonna yuk tashilishi mumkin. Shuningdek, koʻprikda avtomobillar uchun moʻljallangan 4 polosali magistral yoʻl bilan bir qatorda, ikki qatorli temir yoʻlni ham oʻz ichiga oladi.