Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Xalq Banki talabalarga 174 mlrd soʻm taʼlim krediti ajratdi

Prezident qarori bilan Oʻzbekistondagi OTM talabasi boʻlgan xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi

Foto: NOVA24

Taʼkidlanishicha, 2022-2023 oʻquv yili uchun 2022 yilning 25 avgustidan 30 sentyabrgacha boʻlgan davrda 15 631 nafar talabaga 174 milliar soʻm taʼlim kreditlari ajratildi. Shundan, 75 foizi aynan xotin-qizlar hissasiga toʻgʻri keladi (132,0 milliard soʻm). Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda bank axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustdagi qaroriga asosan faqatgina bakalavr va magistr yoʻnalishining kunduzgi boʻlimida oʻqiyotgan talabalar uchun Oʻzbekistondagi 12 ta bank tomonidan taʼlim kreditlari ajratib kelinmoqda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil iyul oyidagi qarori bilan respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari ularning filiallarida), shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat, magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan yoki tavsiya etilgan, oʻqishini koʻchirgan hamda ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan barcha talabalarga taʼlim kreditlari ajratish belgilangan.