Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Urganch, Samarqand va Buxoro shaharlaridan Saudiya Arabistoniga muntazam aviareyslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Oʻzbekiston Transport vaziri hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Oʻzbekistonning tarixiy shaharlaridan Saudiya Arabistoniga “Ziyorat turizmi” doirasida parvozlarni yoʻlga qoʻyishni muhokama qilishdi

Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligida 29 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, muzokaralar davomida Saudiya Arabistoni Podshohligi va Oʻzbekiston oʻrtasida havo transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish va turizm yoʻnalishida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etilgan.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan ikkala davlat oʻrtasida keng qamrovli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelgusida Saudiya Arabistoni aviakompaniyalarini “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida tarixiy shaharlar, yaʼni Samarqand, Buxoro hamda Urganch shaharlariga muntazam aviareyslarni yoʻlga qoʻyish taklif etilgan.