Taʼkidlanishicha, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yigʻimlar miqdorini belgilash, ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Bu haqda Telegramʻdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (maynerlar va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yigʻimlar toʻlanadi.
Shunga koʻra, yigʻimlar BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
• mayning faoliyati uchun – BHMning 10 baravari (3 mln soʻm).
Shunindek, xizmatlar provayderlari boʻyicha:
• ripto-birja faoliyati uchun – BHMning 400 baravari (120 mln soʻm);
• mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari (30 mln soʻm);
• kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari (1,5 mln soʻm);
• kripto-doʻkon faoliyati uchun – BHMning 20 baravari (6 mln soʻm).
Yigʻimlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan eʼtiboran har oyda toʻlab boriladi.


