Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Yer sathidan 2250 metr balandlikdagi Gʻyelon qishlogʻi — suratlarda

Shahrisabz tumanidagi Gʻyelon qishlogʻi qadimiy anʼanalarga ega. Qishloqda besh yil ichida biror marta ajrim qayd etilmagan. “Bugun.uz” muxbiri ushbu qishloqdan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: “Bugun.uz” / Iroda Joʻrayeva

Turizm va madaniy meros vazirligi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Gʻyelon qishlogʻiga Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan yoshlar hamda respublika OAV xodimlari uchun info-tur uyushtirdi. “Bugun.uz” muxbiri ushbu qishloqdan fotoreportaj tayyorladi.

Gʻyelon qishlogʻi ancha qadimiy anʼanalarga ega. Qishloqning oʻziga xos cholgʻu asboblari, hunarmandchilik anʼanalari va tarixi bor.

Maʼlumotlarga koʻra, hududda 5000 dan ortiq aholi roʻyxatdan oʻtgan. Uylar sinch va loydan qurilgan.

“Odamlarimiz juda ahil, azaldan rassomlik, sozandalik, hunarmandlik bilan shugʻullanishadi. Dehqonchilik va chorvachilik qishloq ahlining kundalik asosiy mashgʻuloti hisoblanadi”, — deydi qishloq oqsoqoli Zarif Sultonov.

Qishloq tuman markazidan 85 kilometr uzoqlikda, yer sathidan 2250 metr balandlikda joylashgan va har tomondan togʻlar bilan oʻralgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ham ushbu qishloq haqida fikr bildirgan.

“Qashqadaryodagi mashhur Gʻyelon qishlogʻini hammamiz yaxshi bilamiz. Maʼlumotlarga qaraganda, mana shu qishloqda keyingi besh yilda birorta ham oilaviy ajrim qayd etilmagan.

Biz buni qishloq ahlining oʻzaro hamjihatligi, mahalla faollari, ayniqsa, nuroniylarimizning jonkuyarligi natijasi deb bilamiz. Bunday ijobiy tajribani butun el-yurtimizga ibrat qilib koʻrsatsak, albatta, arziydi”,— deydi prezident.

Gʻyelon qishlogʻi aholisi asosan tojik millatiga mansub, shu sababli jamoat joylaridagi yozuvlar tojik tilida.

Foto: “Bugun.uz” / Iroda Joʻrayeva
Foto: “Bugun.uz” / Iroda Joʻrayeva
Foto: “Bugun.uz” / Iroda Joʻrayeva
Foto: “Bugun.uz” / Iroda Joʻrayeva