Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan 1–31 iyul kunlari dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol tovarlarining ulgurji narxlari boʻyicha kuzatuv natijalari eʼlon qilindi. Vazirlik asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari oʻzgarishi yuzasidan tahliliy maʼlumot berdi.
Arzonlashgan mahsulotlar
Bu davrda bozorda bulgʻor qalampiri (qizil) 11 ming 250 soʻmga, banan 5 ming soʻmga, apelsin 4 ming soʻmga, mandarin va olma 2 ming 500 soʻmga, baqlajon 400 soʻmga, kartoshka (yangi hosil), sabzi (sariq, qizil), tarvuz 250 soʻmga hamda kartoshka (import) 100 soʻmga arzonlagan.
Qimmatlashgan mahsulotlar
Kuzatuv davrida kivi 13 ming 500 soʻmga, limon 10 ming soʻmga, mosh 3 ming soʻmga, turp 2 ming 750 soʻmga, pomidor (pushti), nok (import), loviya 2 ming 500 soʻmga, guruch (alanga) 1 ming 500 soʻmga, pomidor (qizil) 1 ming 250 soʻmga, sarimsoq piyoz, lavlagi, guruch (lazer) ming soʻmga, piyoz 850 soʻmga, bodring 500 soʻmga oshgan.
Bozorlarga eng koʻp keltirilgan mahsulotlar
Bu davr mobaynida 8 million AQSH dollari (2021 yilning mos davriga nisbatan 3,8 million AQSH dollariga koʻp) qiymatidagi jami 12,8 ming tonna (41 tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan, 3,9 ming tonna banan, 3,5 ming tonna kartoshka, 371 tonna apelsin, 184 tonna olma, 87 tonna limon import qilingan.
Hududlardan Toshkent bozorlariga keltirilgan mahsulotlar
Tezkor maʼlumotlarga asosan, “Qoʻyliq” bozoriga 1–31 iyul kunlari hududlardan jami 29,7 ming tonna, xususan, 10,4 ming tonna kartoshka, 13,2 ming tonna piyoz, 1,1 ming tonna karam va 5 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:
- Samarqanddan 7 ming 46 tonna, Toshkent viloyatidan 2 ming 36 tonna, Namangandan 1 ming 309 tonna kartoshka;
- Toshkent viloyatidan 7 ming 767 tonna, Jizzaxdan 3 ming 770 tonna, Surxondaryodan 1 ming 284 tonna va Namangandan 359 tonna piyoz;
- Toshkent viloyatidan 1 ming 60 tonna karam;
- Toshkent viloyatidan 1 ming 472 tonna, Andijondan 762 tonna, Qashqadaryodan 688 tonna, Surxondaryodan 650 tonna, Sirdaryodan 520 tonna, Fargʻonadan 504 tonna va Jizzaxdan 429 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–31 iyul kunlari jami 320 tonna, shu jumladan, 271 tonna mol goʻshti va 49 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.

