Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hujjatlar qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022/2023 oʻquv yilida abituriyentlarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga taklif etadi:
Kunduzgi taʼlim shakli
Bakalavr yoʻnalishlari (taʼlim tili — ingliz):
- Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
- Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish;
- Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha);
- Muzeyshunoslik;
- Arxeologiya;
- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati;
- Madaniy meros obektlarini asrash;
- Logistika (turizm yoʻnalishi boʻyicha).
- Magistratura yoʻnalishlari (taʼlim tili — ingliz tili):
- Logistika (turizm yoʻnalishi boʻyicha);
- Turizm (faoliyat turlari boʻyicha);
- Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash;
- Menejment (madaniy meros sohasi boʻyicha);
- Ijodiy sanoat;
- Arxeologiya.
Sirtqi boʻlim (taʼlim oʻzbek va rus tillarida):
- Menejment (turizm biznesini boshqarish);
- Menejment (ommaviy tadbirlar menejmenti);
- Mehmonxona biznesi;
- Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha).
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga oʻqishga kirib, talabalikning eng yorqin davrini boshdan kechirasiz. Siz bu yerda noyob intellektual kutubxona, malakali xalqaro professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi dasturlari, universitet mehmonxonasida amaliyot oʻtkazish, xalqaro konferensiyalar, stipendiyalar / grantlar, qishki va yozgi maktab, startap-loyihalar va suzish havzasidan foydalanish imkoniga ega boʻlasiz.

Hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 20 iyundan 20 iyulga qadar Davlat test markazi (DTM) havolasi orqali bakalavriat yoʻnalishi uchun, 2022 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha magistratura yoʻnalishi uchun amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida taʼlim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli IELTS / TOEFL / CEFR sertifikati talab qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun universitet veb-sayti (www.univ-silkroad.uz) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
- +998662406770
- +998662408616
- +998662408606
- +998662406786


