Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 13,38 soʻmga tushib, 11 ming 246,90 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 13,38 soʻmga pastlab, 11 ming 246,90 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 069,05 soʻmga baholanib, 98,81 soʻmga tushgan.
Shuningdek, 1 rubl 151,50 soʻm etib belgilanib, 7,97 soʻmga koʻtarilgan.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 26 aprel, seshanba kunidan kuchga kiradi.


