Oʻzbekistonda “Tashabbusli byudjet”da ikki mingdan ortiq ovoz olgan barcha loyihaga mablagʻlar ajratiladi. “Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 85,4 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
Qarorga koʻra, hokimlar har oyda OAV vakillari ishtirokida tashabbusli byudjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib boradi.
Maʼlumot uchun, 2022 yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2215 ta loyiha gʻolib deb topilib, loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi eʼlon qilingandi.
Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida 2022 yil har bir tuman byudjetining kamida 5 foizi aholi takliflariga ajratilishi belgilangandi.
Qayd etilishicha, xar bir tuman byudjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar byudjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish rejalashtirilgan.
“Tashabbusli byudjet-2021”
Natijada mamlakat boʻylab qariyb 1600 ta takliflar gʻolib deb topilgan hamda ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlari xisobidan jami 407,1 milliard soʻm yoʻnaltirilgan.
Ochiq byudjet axborot portali
Ochiq byudjet axborot portali Oʻzbekistonning byudjet tizimi byudjetlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi axborotiga kirish va Oʻzbekistonda byudjet jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida tegishli axborotni taqdim etishni maqsad qilgan.


