Oʻzbekistonga soʻnggi ikki oyda xorijiy davlatlardan 5948 ta yengil avtomobil olib kelindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 124,5 million dollarga teng boʻlgan 5948 ta yengil avtomobil import qilgan.
Taʼkidlanishicha, yengil avtomobil importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4873 taga yoki qariyb 6 baravarga oshgan. Fevral oyida import qilingan yengil avtomobillar soni 2911 tani tashkil etgan.
Avvalroq Oʻzbekiston eng koʻp elektromobil import qilayotgan 6 ta davlat xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda ikki oyda qaysi avtomobil eng koʻp ishlab chiqarilgani haqida xabar berildi.


