Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

“Xalq banki” va yana beshta bankning aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi

Shavkat Mirziyoyevning xususiylashtirishga oid qarori qabul qilindi.

Oʻzbekistonda “Xalq banki” va yana beshta bankning aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi. Prezidentning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023 yil 1 iyulga qadar “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Agro bank”, “Oʻzmilliybank”larning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari tashkillashtiriladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 oktyabrga qadar “Qishloq qurilish bank”ning aksiyalarini ham ommaviy joylashtirish (IPO) taʼminlanadi.

Mazkur bandda belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli va oʻz muddatida taʼminlashga tegishli tijorat banklarining boshqaruv raislari shaxsan masʼul hisoblanadi.