Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 21,41 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 918,68 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 21,41 soʻmga oshib, 10 ming 918,68 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 977,79 soʻmga baholanib, 146,62 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 80,58 soʻm etib belgilanib, 0,69 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 10 mart, payshanba kunidan kuchga kiradi.


