Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 13,16 soʻmga tushib, 10 ming 897,27 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 13,16 soʻmga pasayib, 10 ming 897,27 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 831,17 soʻmga baholanib, 186,67 soʻmga tushdi. Shuningdek, 1 rubl 79,89 soʻm etib belgilanib, 19,21 soʻmga pasaydi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 9 mart, chorshanba kunidan kuchga kiradi.


