Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 12,41 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 872,41 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 12,41 soʻmga oshib, 10 ming 872,41 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 154,27 soʻmga baholanib, 10,62 soʻmga koʻtarildi. Shuningdek, 1 rubl 108,60 soʻm etib belgilanib, 21,46 soʻmga pasaydi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 1 mart, seshanba kunidan kuchga kiradi.


