Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekistonda charm-poyabzal va moʻynachilik korxonalari uchun 5 foizlik kredit ajratiladi

2026 yilgacha charm-poyabzal, jun va moʻynachilik eksporti 2,8 baravarga koʻpaytiriladi. 

Oʻzbekistonda charm-poyabzal va moʻynachilik korxonalari uchun 5 foizlik kredit ajratiladi. “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026 yilgacha charm-poyabzal, jun va moʻynachilik eksporti 2,8 baravarga koʻpaytiriladi. 

Tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga hamda tayyor charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun 2022-2023 yillarda 90 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 million dollar miqdoridagi kredit liniyasi ochiladi.

Banklar tadbirkorlarga yangi uskuna va texnologiyalarni olish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha 5 foiz stavkada kreditlar ajratadi.

Qarorga koʻra, charm-poyabzal, moʻynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz undiriladi:

  • yalpi tushumda bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sunʼiy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari tushumning kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;
  • yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va moʻynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar.