Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga sementni cheklovlarsiz eksport qilishga ruxsat beriladi

Prezidentning qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashga oid qarori qabul qilindi.

Foto: “controlengrussia.com”

Oʻzbekistonda 1 martdan boshlab barcha yuridik shaxslar sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz eksport qilishi mumkin. Bu boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi.

Prezidantining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2022 yil 1 martdan boshlab barcha yuridik shaxslarga sement,sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish harajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda sement ishlab chiqaruvchilarning foyda soligʻi stavkasini pasaytirish taklif qilingani haqida xabar berilgandi.