Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekistonda qancha bank kartasi va bankomat muomalada ekani maʼlum boʻldi

Mamlakatda 20 million 890 ming 599 nafar mijoz masofaviy bank xizmatidan foydalanadi.

Foto: “printeffect.ru”

2022 yilning 1 fevral holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 27 million 207 ming 174 tani tashkil qilmoqda. Shuningdek, mamlakatda 20 million 890 ming 599 nafar mijoz masofaviy bank xizmatidan foydalanadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda oʻrnatilgan bankomat va infokiosklar soni 13 ming 41 tani tashkil etmoqda. Oʻrnatilgan toʻlov terminallari soni esa 433 ming 870 taga yetgan.

Shuningdek, banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar summasi 286 440 milliard soʻmni tashkil etgan. Hisob kitob kliring tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2 397 milliard soʻmga yetgan. Tezkor toʻlovlar tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 25 376 milliard soʻmdan oshgan.

Avvalroq Telegramʻda bank kartasidan pul oʻgʻirlash holatlari uchrayotgani xabar qilingandi.