Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Tijorat banklari yanvar oyi qancha valyuta sotgani maʼlum boʻldi

Banklar 464,2 million dollar miqdorida xorijiy valyuta sotib olgan.

Foto: “catalog.hebroncci.org”

Oʻzbekistonda 2022 yilning yanvar oyi tijorat banklari jismoniy shaxslarga 613,6 million dollar miqdorida xorijiy valyuta sotdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 61 foizga (231 million dollar) koʻpdir. Bu haqda Markaziy Bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar oyida tijorat banklari jismoniy shaxslardan 464,2 million dollar miqdorida xorijiy valyuta sotib olgan. Bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 11 foizga (44 million dollar) koʻpdir.

Avvalroq Markaziy bankning raqamli valyutasi ishlab chiqilishi xabar qilingandi.