Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 7,92 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 845,08 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 7,92 soʻmga oshib, 10 ming 845,08 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 339,53 soʻmga baholanib, 42,60 soʻmga koʻtarildi. Shuningdek, 1 rubl 144,27 soʻm etib belgilanib, 0,94 soʻmga oshdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 17 fevral, payshanba kunidan kuchga kiradi.


