Toshkentdagi “Anhor” koʻngilochar bogʻi sotuvga qoʻyildi. Bu haqda “E-auksion” saytida maʼlum qilindi.
Bogʻning boshlangʻich qiymati 376 milliard 485 million soʻmni tashkil etadi va kimoshdi savdosi 18 mart kuni boʻlib oʻtadi. Maʼlumot oʻrnida, obyekt 2016 yilda qurilgan. Umumiy maydoni 8,35 gektarga teng.
Ayni paytda “ANHOR SAYLI” MCHJ bogʻining egalari “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ (92,27 foiz) va “Oʻztemiryoʻlmashtamir” DK(7,73 foiz) hisoblanadi. Sotishdan tushgan mablagʻ taʼsischilarga oʻtadi.
Avvalroq Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasi sotuvga qoʻyilgani xabar qilingandi.


