Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 9,40 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 860,64 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 9,40 soʻmga oshib, 10 ming 860,64 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 367,01 soʻmga baholanib, 51,15 soʻmga pasaydi. Shuningdek, 1 rubl 144,73 soʻm etib belgilanib, 0,48 soʻmga tushdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 14 fevral, dushanba kunidan kuchga kiradi.


