Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekiston soʻmi yanvar oyida mustahkamlanishda davom etdi

Savdo-hamkor davlatlar valyutalari kursi yanvar oyi davomida AQSH dollariga nisbatan turlicha dinamikani namoyon etdi.

Foto: Kommers.uz

Oʻzbekiston soʻmining real samarali almashuv kursi indeksi 2022 yilning yanvar oyida 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan real samarali almashuv kursi sharhida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston soʻmining real samarali almashuv kursi indeksi yanvar oyida 2021 yil mos davriga nisbatan 5,4 foizga, bazaviy oy — 2018 yilning iyuniga nisbatan 6,3 foizga mustahkamlangan.

Maʼlum qilinishicha, yanvar oyida real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga, asosan, savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi, shuningdek, ichki inflyatsiya darajasining savdo-hamkorlarga nisbatan yuqoriligi hissa qoʻshgan.

2022 yilning yanvar oyidagi real samarali almashuv kursi indeksi dinamikasida:

  • oshiruvchi omillar: savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslari oʻzgarishi — 3,1 foiz band, ichki inflyatsiya — 0,9 foiz band, soʻm almashuv kursi — 0,3 foiz band;
  • pasaytiruvchi omil: savdo-hamkor davlatlar inflyatsiyasi — 3,5 foiz bandni tashkil etdi.

Savdo-hamkor davlatlar valyutalari kursi yanvar oyi davomida AQSH dollariga nisbatan turlicha dinamikani namoyon etdi.