Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 2,09 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 855,11 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 2,09 soʻmga oshib, 10 ming 855,11 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 400,88 soʻmga baholanib, 41,02 soʻmga pasaydi. Shuningdek, 1 rubl 143,71 soʻm etib belgilanib, 0,84 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 8 fevral, seshanba kunidan kuchga kiradi.


