Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Dunyo boʻyicha oziq-ovqat narxlari oʻsishi tezlashdi

BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining yanvar oyidagi hisoboti eʼlon qilindi.

Foto: “pervoe.online”

Dunyo boʻyicha oziq-ovqat narxlari oʻsishi tezlashdi. Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning oylik hisobotida soʻz boradi.

FAO maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari 2021 yil dekabr oyidagi biroz pasayishdan keyin oʻsishni tezlashtirgan.

FAO oziq-ovqat narxlari indeksi (FFPI) 135,7 punktgacha koʻtarilgan, bu dekabrga nisbatan 1,1 foiz va 2021 yil yanvariga nisbatan 19,5 foizga koʻpdir. Subindekslarni hisoblashda FAO har bir turdagi mahsulotlarning qatʼiy toʻplami uchun narxlarning oʻzgarishini 2014–2016 yillardagi oʻrtacha eksport narxlari bilan taqqoslagan holda vakillik namunasi boʻyicha baholaydi.

Yanvar oyidagi tezlashish oʻsimlik yogʻi va sut mahsulotlari eksport narxlarining sezilarli oʻsishi bilan bogʻliq (dekabrga nisbatan mos ravishda 4,1 va 2,4 foiz). Oʻsimlik yogʻi subindeksining qiymati — 185,9 punkt — tarixdagi eng yuqori koʻrsatkichga yetgan, uning narxi 2021 yilning shu davriga nisbatan 33,8 foizga oshgan.

Shuningdek, yanvar oyidagi oʻsish Indoneziya va boshqa yirik ishlab chiqaruvchilardan palma yogʻi yetkazib berishning qisqarishi, soya yogʻiga (ayniqsa Hindistonda) kuchli talab hamda kolza va kungaboqar yogʻlari taklifining defitsiti bilan bogʻliq xavotirlar bilan izohlanadi.

Bundan tashqari, yanvar oyida sut mahsulotlariga oʻrtacha narxlarning oshishiga eksport imkoniyatlarining qisqarishi (ayniqsa, Gʻarbiy Yevropadan) va butun dunyo boʻylab logistika muammolari, jumladan, koronavirusning “omikron” shtammining tarqalishi tufayli ishchi kuchi yetishmasligi sabab boʻlgan.

Kompozit oziq-ovqat narxlari indeksining koʻtarilishi shakar narxining mahalliy pasayishini (dekabrga nisbatan 3 foizga) qisman qoplagan. Bu ketma-ket ikki oydan beri asosiy eksportchilar — Hindiston va Tayland uchun yaxshi ishlab chiqarish istiqbollari, past etanol narxlari va Braziliyaning asosiy shakarqamish dalalarida yomgʻir yogʻgani hisobiga davom etmoqda. Biroq, yil davomida FAO shakar subindeksi 19,7 foizga oʻsgan.

Yanvar oyida don narxi ushbu subindeksning yillik 12,5 foizga oʻsishi fonida barqarorlashgan (dekabrga nisbatan 0,07 foiz). Sababi — Argentina va Avstraliyadagi yirik ekinlar tufayli mavsumiy bugʻdoy yetkazib berishning koʻpaytirgan, ammo yuqori navli don yetishmasligi va taʼminotning noaniqligi taklifning oʻsishini muvozanatlashtirgan.

Makkajoʻxori va guruch dekabr oyidan beri mos ravishda 3,8 va 3,1 foizga qimmatlashgan. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarining oʻrtacha narxlari indekslari (2021 yil yanvariga nisbatan 17,3 foizga oʻsgan) 2022 yil yanvar oyida taklifning oʻsishi va talabning kamayishi hisobiga (dekabrga nisbatan 0,2 foiz) oʻsishni sekinlashtirgan.

Avvalroq Dunyo boʻylab oziq-ovqat narxlari 2022 yilda ham oshishda davom etishi xabar qilingandi. Shuningdek, Dunyo boʻyicha bugʻdoy narxida jadal pasayish kuzatilgani haqida xabar berildi.