Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Ipoteka kreditlari vaqtincha Moliya vazirligi resurslari orqali moliyalashtiriladi

Vazirlikning qayd etishicha, 2023 yildan boshlab kompaniya tomonidan ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi rejalashtirilgan.

Foto: “new-interior.uz”

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (AJ) oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 million miqdorida qayta moliyalashtiriladi.

Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qoʻshimcha mablagʻlar jalb etilishi boʻyicha tegishli ishlar olib borilayotgani maʼlum qilindi. Shuningdek, 2022 yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish boshlanishi kutilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ayni paytda 2022 yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda.

Xabarga koʻra, 2021 yilda kompaniya tomonidan taqdim etilgan resurslar hisobidan ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 1,9 trillion soʻm ipoteka kreditlari ajratildi. 2022 yil davomida  2,0 trillion soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, 2023 yildan boshlab kompaniya tomonidan ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi rejalashtirilgan.

Moliya vazirligi resurslari hisobidan birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun 2021 yilda 5,0 trillion soʻm ajratilgan, 2022 yilda aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 12,8 trillion soʻm resurslar ajratilishi nazarda tutilgan.