Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 8,14 soʻmga koʻtarilib, 10 813,00 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 8,14 soʻmga oshib, 10 813,00 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 172,56 soʻmga baholanib, 102,09 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 140,38 soʻm etib belgilanib, 0,89 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 2 fevral, chorshanba kunidan kuchga kiradi.


