Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan 2021 yilgi savdo hajmi maʼlum qilindi

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilga nisbatan 5,1 foizga ortdi.

Foto: Sputnik

Davlat statistika qoʻmitasi 2021 yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida, Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 37,7 foizi MDH davlatlariga toʻgʻri kelgan. Tashqi savdo aylanmasidagi 2020 yilning mos davriga nisbatan ulushi 5,1 foizga koʻpaygan.

Infografika: 2021 yil dekabr oyida Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan savdosi

Shuningdek, boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2020 yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga kamaygan va jami TSAdagi ulushi 62,3 foizni tashkil etgan.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021 yil yanvar-dekabr holatiga koʻra 15,9 milliard dollarni tashkil etgan. Shundan, eksport — 5 milliard 407,6 million dollarga yetgan boʻlsa, import — 10 milliard 460,2 million dollar qiymatida qayd etilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (47,4 foiz), Qozogʻiston (24,6 foiz) hamda Qirgʻiziston (6,0 foiz) davlatlari bilan qayd etilgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev MDH norasmiy sammitida qatnashgani xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2021 yilgi savdo hajmi haqida xabar berildi.