Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 0,03 soʻmga koʻtarilib, 10 804,00 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 0,03 soʻmga oshib, 10 804,00 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 97,24 soʻmga baholanib, 97,20 soʻmga pasaydi. Shuningdek, 1 rubl 137,23 soʻm etib belgilanib, 0,41 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 28 yanvar, juma kunidan kuchga kiradi.


